Foto: RFE/RL
Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Shveysariyadagi «Belriv» (Château de Bellerive) qal’asini 63 mln dollarga sotib oldi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Qal’a Jeneva yaqinida joylashgan va Shveysariyaning milliy meroslari ro‘yxatiga kiritilgan. Nashrning yozishicha, Dinara Kulibayeva uni 62 million frankka (63 mln dollarga yaqin) sotib olgan.
Bilan nashrining xabar berishicha, «Belriv» 1997 yilda shahzoda Sadriddin Og‘a Xon tomonidan aka-uka Syorsoklarga sovg‘a qilingan. Shahzoda Sadriddin 2003 yilda 70 yoshida vafot etgan bo‘lib, ikki marta uylangan, lekin farzand ko‘rmagan.
Syorsoklar 28,7 ming kvadrat metr maydonda joylashgan qal’ani uch yil avval 120 mln frankka sotuvga qo‘yishgan.
Qal’a bir necha kun oldin Dinara Kulibayeva tomonidan 62 mln frankka sotib olingan. Jurnalning yozishicha, Nazarboyevning qizi 2009 yilda Jenevadan 75 mln dollarga ko‘chmas mulk sotib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi