06:43 / 27.08.2019
2 562

Tramp: Xitoyning AQSh bilan kelishishdan boshqa chorasi yo‘q

Tramp: Xitoyning AQSh bilan kelishishdan boshqa chorasi yo‘q
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning AQSh bilan kelishishdan boshqa chorasi yo‘q deb hisoblamoqda.

"Xitoy savdo bo‘yicha kelishishni judayam xohlamoqda... Ularning kelishishdan boshqa chorasi yo‘q deb o‘ylayman", - dedi u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Uning qayd etishicha, Xitoy AQSh kiritgan bojlardan "qattiq aziyat chekmoqda".
"Xitoy uch millionta ish o‘rnini yo‘qotib bo‘ldi. Tez orada bu uch milliondan ancha ko‘p bo‘ladi", - dedi Tramp.

AQSh Xitoyning 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga 1 sentyabrda va 15 dekabrda 10 foizlik boj kiritmoqchi. Xitoy bunga javoban AQShning besh mingdan ortiq nomdagi 75 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj joriy etdi.

Shundan so‘ng Tramp yangi bojlar 10 emas, 15 foizga oshirilishini e’lon qildi. Bunga qo‘shimcha ravishda 1 oktyabrdan 250 mlrd dollarlik mahsulotlarga boj 25 foizdan 30 foizga ko‘tariladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Xitoyning AQSh bilan kelishishdan boshqa chorasi yo‘q