16:13 / 27.08.2019
3 118

Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta yasalmoqda (video)

Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta yasalmoqda (video)
Foto: REV Ocean
Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta — REV Ocean suvga tushirildi, deb xabar bermoqda Forbes. Kemani Norvegiyaning Forbes ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turuvchi Kell Inge Rekke qurmoqda.

Baliq ovlash va dengizdagi burg‘ulashdan boyib ketgach, u o‘z boyligining katta qismini okeanlarni ifloslantirishdan va cheksiz baliq ovlashdan qutqarishga sarflashga ahd qilgan.

Loyiha saytida ma’lum qilinishicha, 25 avgust kuni REV Ocean kemasi Ruminiyadagi VARD Tulsea kemasozlik korxonasidan ishga tushirilgan. Ta’kidlanishicha, kemaning uzunligi 600 fut (182,88 metr) bo‘lib, bu uni dunyodagi eng uzun yaxta, deb hisoblashga asos bo‘ladi. Ungacha BAAlik shayx Xalifa ibn Zayd al-Nahyanuga qarashli bo‘lgan «Azzam» yaxtasi 2013 yildan buyon eng uzun yaxta hisoblanar edi.

Qurish ishlari yakuniga yetgach, REV Ocean nafaqat eng uzun yaxta bo‘ladi, balki yuk sig‘imiga ko‘ra ham birinchi bo‘ladi. Loyiha saytida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 17 440 tonnani tashkil etadi. Hozirda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Alisher Usmonovning «Dilbar» nomli kemasi birinchi o‘rinda.

Kema qurilishi 2020 yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruminiyada dunyodagi eng katta yaxta yasalmoqda (video)