10:23 / 28.08.2019
3 125

Meksikada yoga bilan shug‘ullanayotgan qiz 6-qavatdan yiqilib tushib, tirik qoldi

Meksikada yoga bilan shug‘ullanayotgan qiz 6-qavatdan yiqilib tushib, tirik qoldi
Foto: Daily Mail
Meksikaning Nuevo-Leon shahrida yoga bilan shug‘ullanayotgan qiz oltinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi, deb xabar beradi Daryo nashri.
24 avgust kuni 23 yoshli Aleksa Terrazas balkonda yoga bilan shug‘ullanayotganida sirpanib ketgan va 25 metr balandlikdan yerga qulagan. Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari qizni zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. U 11 soat davomida operatsiya qilingani aytilmoqda.

26 avgustda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qizning ahvoli og‘ir: uning bir necha joyi singan va boshidan qattiq jarohat olgan.
Terrazaslar oilasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan qiziga qon topshirishlarini hamda uning sog‘ayib ketishi uchun dou qilishlarini so‘ramoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada yoga bilan shug‘ullanayotgan qiz 6-qavatdan yiqilib tushib, tirik qoldi