15:18 / 28.08.2019
8 367

Braziliya prezidenti Fransiya rahbarining xotini ustidan kuldi

Braziliya prezidenti Fransiya rahbarining xotini ustidan kuldi
Braziliya va Fransiya prezidentlari Jair Bolsonaru va Emmanuel Makron o‘rtasida mojaro yuz berdi. Janjal Amazoniyadagi yong‘inlarni muhokama qilish paytida boshlangan va prezidentlar xotinlarining tashqi qiyofasi haqida gap ochilganida "avjiga chiqqan".

Bolsonaru tarafdorlaridan biri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Makronning 66 yoshli rafiqasi bilan birga, Bosonaruning rafiqasi Mishel bilan birga tushgan suratlarini e’lon qilgan. Surat tagiga: "Makron Bolsonaruni nega ta’qib qilayotganini endi tushungandirsiz?", deb yozilgan bo‘lgan.

Shundan so‘ng ushbu post tagidan Braziliya prezidenti rasmiy akkauntida: "Bu nusxani haqorat qilma. Xa-xa", degan izoh paydo bo‘ladi.
Emmanuel Makronning o‘zi ushbu izohni o‘ta qo‘pol va dilni ranjitadigan deya topgan, deb xabar bermoqda BBC.

"Men Braziliya xalqiga katta hurmat bilan qarayman va umid qilamanki, tez orada bu mamlakat, o‘z majburiyatlarini bajarishga tayyor prezidentga ega bo‘ladi", - deb aytgan Makron Biarritsda o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.
Braziliya rahbari matbuot-xizmati ushbu hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Amazoniyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari vaqtida boshlangan diplomatik bahslardan so‘ng almashilgan "luqmalar" ikki prezident o‘rtasida yuz bergan mojaroning davomi bo‘lgan. Biarritsda bo‘lib o‘tgan G7 sammiti vaqtida Makron Braziliya hukumatini go‘yoki ular o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashmayotgani uchun tanqid qilgan edi. Fransiya prezidenti Braziliyadagi yong‘inlar va ularga qarshi yordam variantlarini muhokama qilish uchun tezkor uchrashuvni chaqirishni taklif etdi.

"Bizning uyimiz yonmoqda. Chin ma’noda. Amazoniya tropik o‘rmoni — Yer shari uchun jami kislorodning 20%ini ajratuvchi jahon o‘pkasi - yonmoqda. Bu xalqaro krizis. "Katta yettilik" a’zolari, kelinglar, ikki kun davomida ushbu favqulodda hodisani muhokama qilaylik", — deb yozgan Makron Facebookdagi sahifasida Biarritsdagi sammit arafasida.

Braziliya bunga javoban Fransiya mustamlakachilik fikrlash tajribasidan hech ham voz kecha olmayotganini iddao qilgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidenti Fransiya rahbarining xotini ustidan kuldi