19:38 / 29.08.2019
3 272

Xitoyda sodir bo‘lgan tornado 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoyda sodir bo‘lgan tornado 8 kishining umriga zomin bo‘ldi
Foto: Forever News
Xitoyning Xaynan provinsiyasida tornado sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «TASS». Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, tornado Danchjou shahri rayonlaridan birida to‘satdan paydo bo‘lgan. Kuchli shamol ta’sirida ishchilar bo‘lgan qurilish maydonidagi ikkita vaqtincha turar joy binosi vayron bo‘lgan. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, yana ikki nafar jabrlangan shaxs kasalxonaga yotqizilgan.

Shiddatli shamol ta’sirida ko‘plab binolar vayron bo‘lgan. Tornado, shuningdek, hududda elektr energiyasida uzilishlar bo‘lishiga olib kelgan.
Hozirda mahalliy hukumat ofat oqibatlarini bataraf etish choralarini ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda sodir bo‘lgan tornado 8 kishining umriga zomin bo‘ldi