09:00 / 30.08.2019
3 136

Italiyadagi vulqon otilishi vaqtida sayyohlar sarosimada qocha boshlashdi (video)

Italiyadagi vulqon otilishi vaqtida sayyohlar sarosimada qocha boshlashdi (video)
28 avgustda Italiyaning Stromboli orolidagi shunday nomdagi vulqon faollashdi. Vulqon otilishi kul, qum va boshqa vulqon materialining kuchli otilishi bilan kechgan.

Olimlar, shuningdek, ba’zi yer qimirlashlarini keltirib chiqargan “yuqori intensivlikdagi portlashni” qayd qilishgan. Mahalliy hokimiyatning xabar berishicha, vulqon otilishi qurbonlar va vayrongarchiliklarga olib kelmagan, biroq orolda kuchli yong‘inlar keltirib chiqargan.

Italiya OAV xabar berishicha, faollashgan vulqon orolda dam olayotgan sayyohlar orasida sarosima keltirib chiqargan. Kuchli portlashdan keyin odamlar ustiga kul va mayda toshlar tusha boshlagach, ular mahalliy cherkovga yashirinishga tushishgan. Ko‘plab sayyohlar kater, qayiq va yaxtalarda dengiz tomon qocha boshlashgan.

Mahalliy aholi vulqonning otilishlariga ko‘nikib qolgani sababli uning navbatdagi faollashuviga bamaylixotir munosabat bildirgan.
Oxirgi marta vulqon 3 iyulda faollashgan bo‘lib, o‘shanda vulqon yaqinida bo‘lgan bir sayyoh halok bo‘lgan.

Stromboli vulqoni oxirgi 20 ming yildan beri faol bo‘lib, yaqin oradagi orollar va dengizdan kuzatish mumkin bo‘lgan kichik otilishlari bilan mashhur. Vulqonning balandligi dengiz sathidan 926 metrni, dengiz tubi sirtidan esa 2 kmdan ko‘proqni tashkil qiladi. U 3 ta faol kraterga ega.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyadagi vulqon otilishi vaqtida sayyohlar sarosimada qocha boshlashdi (video)