19:55 / 30.08.2019
2 606

Trampning shaxsiy yordamchisi iste’foga chiqdi

Trampning shaxsiy yordamchisi iste’foga chiqdi
Foto: Instagram @madwestt
AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy yordamchisi Madlen Vesterxut o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The New York Times xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Trampning ma’muriyatdagi dastlabki kunlaridan boshlab yordamchilik qilgan Vesterxut payshanba kuni iste’foga chiqqan.

Ularning ma’lumot berishicha, Vesterxut Trampning Nyu-Jersida o‘tkazgan ta’tili tafsilotlari haqida jurnalistlarga so‘zlab berganidan so‘ng iste’foga chiqarilgan.

Endilikda unga Oq uyga kirishga ruxsat berilmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning shaxsiy yordamchisi iste’foga chiqdi