06:35 / 01.09.2019
2 741

Eron o‘z neftini istalgan xaridorga sotishini ma’lum qildi

Eron o‘z neftini istalgan xaridorga sotishini ma’lum qildi
Tehron AQShning urinishlariga qaramasdan, o‘z neftini barcha xaridorlarga sotadi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma’lum qildi.

"Biz neftni istalgan xaridorga sotamiz", - deb yozdi Zarif Twitter sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning ming‘irlashlari" Eronni bundan to‘xtatib qololmaydi.

21 avgust kuni Pompeo Vashington Eron nefti bo‘lgan tankerlarning Suriyaga yetib kelmasligi uchun barcha choralarni ishga solmoqchi ekanligini aytgandi.
Eronga qarshi sanksiyalar, xususan, uning neft sotishiga qarshi sanksiyalar Vashington tomonidan 2018 yil noyabrda qayta tiklangandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron o‘z neftini istalgan xaridorga sotishini ma’lum qildi