12:08 / 01.09.2019
2 989

1,9 million hindistonlikning taqdiri yoxud fuqaroligidan ajralgan hindlar

1,9 million hindistonlikning taqdiri yoxud fuqaroligidan ajralgan hindlar
Foto: BBC
Hindiston hukumati nihoyat shimoli-sharqiy shtat – Assamdagi 1,9 million fuqaroning Hindiston fuqaroligidan mahrum qilinishi kerak bo‘lgan ro‘yxatga kiritdi, deb yozadi Daryo.

Fuqarolikni ro‘yxatga olish markazi e’lon qilgan ro‘yxat shunday hujjatki, unga kiritilgan har bir shaxs Assamga 1971 yilning 24 martigacha kelganini isbotlab bera olishi kerak. Aynan shu sanada qo‘shni Bangladesh Pokistondan ajralib chiqqanini e’lon qilgan edi.

Eslash joizki, iyul oyining boshlarida 4 millionga yaqin hindlar mazkur ro‘yxatga kiritilib, fuqarolikdan chiqarilish tahdidi oldida qolgan edi.

Hind rasmiylarining ta’kidlashicha, mazkur ro‘yxatlar eng avvalo noqonuniy bangladeshlik muhojirlarni aniqlash maqsadida tuzilmoqda.

Hindistonda allaqachon xorijlik ekani iddao qilinayotgan minglab odamlar maxsus lagerlarga keltirilgan va ular qachon o‘z mamlakatiga deportatsiya qilib yuborilishi ham ayni vaziyatda mavhumligicha qolmoqda.

Ayrim siyosatchilar assamliklarga qarshi qaratilgan bu kamsituvchi siyosiy kampaniyani «jodugarlar ovi» deb atamoqda.

Milliy fuqarolarni ro‘yxatga jarayoni olish 1951 yilda boshlangan bo‘lib, bu jarayon orqali kim Assamda tug‘ilib o‘sgan hindistonlig-u, kim chet ellik ekanini qayd etuvchi jarayondir.

Mazkur ro‘yxat ancha yillardan beri endi yangilanmoqda. Hindiston bosh vaziri, millatchi Bharata Janata Party yetakchisi Narendra Modi ancha yillardan beri muhojirlarga qarshi ayovsiz kurash olib borishini aytib kelayotgan bo‘lsa-da, yaqin oylardan boshlab bu borada keskin siyosatni boshlab yubordi va Milliy fuqarolikni ro‘yxatga olish jarayonini asosiy vazifaga aylantirdi.

Bu nima uchun bu aynan Assam shtatida yuz bermoqda, degan savol tug‘iladi. Sababi, Assam Hindistonning eng ko‘p elatlar yashaydigan hududlaridan biri hisoblanadi va fuqarolik borasidagi masalalar bu o‘lka uchun bir qator muammolarni keltirib chiqaroyotgan edi.

Bengalcha va assamcha muloqot qiluvchilar bilan bir qatorda 32 millionli shtatning uchdan bir aholisi musulmonlardir. Ularning ko‘plari Britaniya hukmronligi davrida joylashib olgan muhojirlarning avlodlaridir.

Maqolada, shuningdek, fuqarolikdan chiqarilgan assamliklarning kelajagi haqida fikr yuritilar ekan, bu eng avvalo mol-mulkni taqsimlash, deportatsiya qilish, irqchilik va fuqaroligi yo‘qlarga aylantirilganlarning qayerga yuborilishi bilan bog‘liq qator omillar Hindiston hukumati uchun ulkan bosh og‘rig‘i bo‘lishi ham ta’kidlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 1,9 million hindistonlikning taqdiri yoxud fuqaroligidan ajralgan hindlar