19:16 / 01.09.2019
3 162

"Dorian" to‘foni soatiga 240 km tezlikda Bahama orollari tomon yaqinlashmoqda

"Dorian" to‘foni soatiga 240 km tezlikda Bahama orollari tomon yaqinlashmoqda
Foto: EPA/Vostock-photo
"Dorian" to‘foni soatiga 240 km tezlikda Bahama orollari tomon yaqinlashmoqda va bir necha soat ichida Abako va Katta Bahama orollariga yetib keladi. Bu haqda CNN'ga asoslanib Kun.uz xabar qildi.

Abako oroli aholisi hukumatning ogohlantirishiga qaramasdan, evakuatsiyaga rozi bo‘lmadi. Katta Bahamada esa evakuatsiya yakuniga yetdi, barcha turistik kompaniya va idoralar yopildi. To‘lqinning balandligi 5-6 metrga yetishi kutilmoqda.

Dushanba va seshanba kunlari to‘fon Florida sohiliga yetib kelishi kutilmoqda, ammo uning sohilga qaysi vaqtda va qanday kuch bilan urilishi aniq emas.
AQSh prezidenti Donald Tramp "Dorian" to‘foni Amerika hududiga yaqinlashib kelishi munosabati bilan Polshaga safarini qoldirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Dorian" to‘foni soatiga 240 km tezlikda Bahama orollari tomon yaqinlashmoqda