Foto: Nikolay Galkin/TASS
Yaponiya olimpiya qo‘mitasi rahbari, dzyudo bo‘yicha olimpiya chempioni Yasuxiro Yamasita TASSga bergan intervyusida Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun o‘z maslahatlarini berdi.
— MOQ prezidenti sifatida nimani eng muhim vazifa deb hisoblaysiz?
— Bir yildan so‘ng Tokioga keladiganlarga eng yaxshi qabulni taqdim etish. O‘yinlar qatnashchilariga ham, muxlislarga ham bu yer yoqishini ta’minlash.
— Olimpiada mehmonlariga qanday maslahatlar bergan bo‘lardingiz? Masalan, yozgi issiq havo va yuqori darajadagi namlikka qanday bas kelish mumkin?
— Birinchi navbatda o‘zlari bilan albatta suv olib yurishlari kerak. Olimpiada vaqtida kostyum va galstuklarni unutgan ma’qul, yaxshisi, yengil kiyimlarda kelishsin. Yaponiyada ayollar ham, erkaklar ham soyabon tutishadi. Soyabonlardan yomg‘irda ham, issiqda ham foydalanishadi.
— Yaponiya oshxonasidan nimalarni tavsiya qilasiz?
— Oshxonamiz xilma-xil — sushi, tempura, teppan’yaki. Bizda hashamatli restoranlar ham, kichik tamaddixonalar ham bor. O‘yinlar barchaga yoqadi va mehmonlarimiz o‘z yurtlariga yoqimli taassurotlar bilan qaytishadi deb umid qilaman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi