21:12 / 01.09.2019
2 707

Janubiy Karolina shtati gubernatori «Dorian» to‘foni munosabati bilan favqulodda holat e’lon qildi

Janubiy Karolina shtati gubernatori «Dorian» to‘foni munosabati bilan favqulodda holat e’lon qildi
Foto: Reuters
Janubiy Karolina shtati gubernatori Genri Makmaster «Dorian» to‘foni munosabati bilan favqulodda holat e’lon qildi, deb xabar berdi «Daryo.uz» nashri.
Gubernator shtat aholisini ogoh bo‘lishga va tabiiy ofat keltirishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga tayyor turishga chaqirdi.

«To‘fon kuchini hisobga olgan holda biz har qanday vaziyatga tayyor turishimiz kerak. Janubiy Karolina jamoasi talab qilingan taqdirda tayyor turish uchun kechayu kunduz ishlamoqda», — deydi gubernator.

Amerikaning Florida shtati qirg‘oqlariga yaqinlashayotgan «Dorian» to‘foni bir kun oldin to‘rtinchi darajagacha kuchaydi.
«Dorian» dushanba kuni kechqurun Florida yarim oroli qirg‘oqlariga yetib kelishi kutilmoqda.

Agar meteorologlar prognozlari to‘g‘ri chiqsa, «Dorian» Floridadagi 1992 yildagi «Endryu» to‘fonidan keyingi eng kuchli to‘fon bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Karolina shtati gubernatori «Dorian» to‘foni munosabati bilan favqulodda holat e’lon qildi