14:53 / 02.09.2019
2 769

Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi

Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi
Foto:«Sputnik»
Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi deputatlari Birinchi prezidentning qizi Darig‘a Nazarboyevani Senat raisi etib saylashdi. Bu haqda «Zakon.kz»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Unga 48 nafar deputat ovoz vergan, qarshilar va ovoz bermaganlar bo‘lmagan.

Nazarboyevaning nomzodini mamlakat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev ilgari surgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni Tokayev vaqtinchalik prezident bo‘lganda ham Darig‘a Senat spikeri bo‘lgandi.

Tokayev saylovlarda g‘alaba qozongach, yana Nazarboyevani raislikka tavsiya etgan.
Senat raisi ona tilini mukammal biluvchi deputatlar orasidan, palata deputatlarining umumiy sonidan katta qismining ovozi bilan saylanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning qizi Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi