06:00 / 03.09.2019
4 944

Krishtianu Ronaldu vasiyatnoma yozdi. Bolalariga deyarli hech vaqo yo‘q...

Krishtianu Ronaldu vasiyatnoma yozdi. Bolalariga deyarli hech vaqo yo‘q...
Foto: «Instagram»
Portugal futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu vasiyatnoma yozdi. Sportchi endi 34 yoshni qarshilagan bo‘lishiga qaramay, hozirdanoq ko‘p millionli davlatini kimga qoldirishni hal qilib, ko‘nglini xotirjam qilmoqchi.

Eng ajablanarlisi, Ronaldu bolalariga deyarli hech narsa qoldirmayapti.

Futbolchi bir necha kun avval Lissabonda advokati bilan uchrashib, vakolatnoma tafsilotlarini kelishib olgan. Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu qariyb butun boyligi (taxminan 300 mln. yevro)ni suyuklisi Jorjina Rodrigesga meros sifatida qoldirishga qaror qilgan.

Futbolchining muxlislari uning buncha erta vasiyat qoldirayotganidan hayratga tushishgandi. Ammo pullar qanday taqsimlanganini eshitib, ochig‘i, quloqlariga ishonishmadi.

Ronaldu shuncha boylikni to‘rt nafar farzandi bir chetda qolib, Jorjina Rodrigesga qoldirayotgani ko‘pchilikni ajablantirmoqda, deb yozmoqda «Argumenti.ru».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronaldu vasiyatnoma yozdi. Bolalariga deyarli hech vaqo yo‘q...