21:37 / 03.09.2019
6 920

Dehqonga hujum qilgan yo‘lbars uni to‘liq yeb qo‘ydi

Dehqonga hujum qilgan yo‘lbars uni to‘liq yeb qo‘ydi
Hindistonning Karnataka shtatida yo‘lbars bir dehqonga hujum qilib, uni o‘rmonga sudrab olib kirib ketdi, deb xabar berdi Sof.uz nashri.
Yo‘lbars hujum qilgan erkak qo‘shni qishloqdan ho‘kizlarni haydab kelayotgan bo‘lgan. Shunda to‘satdan Bandipur qo‘riqxonasidan chiqib kelgan vahshiy unga tashlanib, o‘rmonga sudrab ketgan.

Dehqonning yaqinlari uni qidirishga chiqib, qon tekkan oyoq kiyimini topishgan. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lbars dehqonni maydalab, uning jasadini oxirigacha yeb yuborgan.
Bu voqeadan keyin qishloq ahli o‘rmon departamentidan yo‘lbarsni otib tashlashni talab qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dehqonga hujum qilgan yo‘lbars uni to‘liq yeb qo‘ydi