17:06 / 04.09.2019
3 500

Atamboyev sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda

Atamboyev sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda
Foto: REUTERS
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev norozilik belgisi sifatida sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.

“U tergovchi va sudyalarning savollariga javob bermayapti, sukut saqlayapti. Bu uning qonunsizlikka qarshi noroziligidir”, - dedi Slesarev.
Chorshanba kuni Bishkek shahar sudi Atamboyevning hibsga olinishini qonuniy deb topdi va Pervomaysk rayon sudining qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni maxsus operatsiya davomida hibsga olingandi. Unga nisbatan qator ayblovlar ilgari surilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev sud savollariga javob berishdan bosh tortmoqda