23:00 / 04.09.2019
3 674

Turistlar uchun eng xavfli va xavfsiz mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Turistlar uchun eng xavfli va xavfsiz mamlakatlar reytingi e’lon qilindi
Jahon iqtisodiy forumi (WEF) ekspertlari The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 turistik raqobatbardoshlik xalqaro reytingi doirasida turistlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar nomini ma’lum qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Finlyandiya egalladi, undan keyingi o‘rinlarda Islandiya va Ummon joylashdi.

Shuningdek, dastlabki o‘ntalikdan Shveysariya, Hongkong, BAA, Lyuksemburg, Portugaliya va Yangi Zelandiya o‘rin oldi. Keyingi o‘ntalikda Qatar, Estoniya, Yaponiya, Avstriya, Sloveniya, Ispaniya, Norvegiya, Chexiya, Avstraliya va Bruney joylashgan.

Yon qo‘shnilarimiz Tojikiston 60-, Qozog‘iston 63- va Qirg‘iziston 96-o‘rinda qayd etildi.
Salvador, Nigeriya, Yaman, Venesuela va Honduras eng xavfli davlatlar deb topildi.
Dunyoning 140 mamlakati o‘rin olgan reytingga O‘zbekiston va Turkmaniston kiritilmagan.

The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 reytingi Jahon iqtisodiy forumi va Yevrosiyo raqobatbardoshlik instituti hamda Strategy Partners konsalting kompaniyeyasi hamkorligida tuzilgan. Turistik raqobatbardoshlik reytingi 2007 yildan buyon ikki yilda bir marta e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turistlar uchun eng xavfli va xavfsiz mamlakatlar reytingi e’lon qilindi