Foto: RIA Novosti / Igor Zarembo
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida yashovchi hamda 74 yoshida ekstrakorporal (sun’iy) urug‘lantirish bilan homilador bo‘lgan ayol egizak qiz farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.
Shifoxonada ta’kidlanishicha, Erramatti Mangayamma ismli keksa ayolga kesarcha kesish qilingan.
“Operatsiya yaxshi kechdi. Ona ham, chaqaloqlar ham sog‘lom va hech qanday asoratlarga ega emas. Biroq ona oxirgi soatlarda boshdan kechirgan stress holatdan chiqishi uchun intensiv davolash bo‘limiga joylashtirildi”, deb aytgan shifoxona rahbari.
Ta’kidlanishicha, ayol farzandlarini ko‘kragi bilan boqa olmaydi, shu sababli chaqaloqlarga donorlik suti bankidan sut beriladi.
Xabarda aytilishicha, keksa ayol qand kasalligi va gipertenziya kabi muammolarga ega bo‘lmagani sababli homilani ko‘tarib, farzand dunyoga keltira olgan.
Ayol va uning 80 yoshli turmush o‘rtog‘i 1962 yilda turmush qurishgan. Oxirgi 57 yil ichida juftlikning farzand ko‘rishga urinishlari besamar ketgan. Biroq sun’iy urug‘lantirish protsedurasi tufayli 74 yoshli ayol joriy yil yanvarida homilador bo‘la olgan.
Avval sun’iy urug‘lantirish yordamida ona bo‘lgan eng keksa ayol hindistonlik boshqa bir ayol Omkari Panvar bo‘lgan. U ham 2008 yil yozida 70 yoshida egizak farzand dunyoga keltirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi