2 678
Dunyoning eng boy erkaklaridan biri biznesini ayol kishiga topshirishni rejalashtirmoqda
Foto: Nikkei Asian Review
Fast Retailing reteyl-imperiyasi asoschisi va Uliqlo do‘konlari tarmog‘i egasi, Yaponiyaning eng boy tadbirkori Tadasi Yanai o‘z biznesini ayol kishiga topshirishni istamoqda. U bu haqda Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Milliarderning fikricha, ayol rahbarlar talabchanroq va e’tiborliroq hamda “nafis tuyg‘uga ega” bo‘ladilar. Yanai, shuningdek, Fast Retailing’da ko‘proq, 50 foizdan ziyodroq ayollar ishlashini rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda kompaniyada ayollar 6 ta rahbarlik lavozimini egallaydi. Tadbirkorning vorisi Uniqlo’ning Yaponiyadagi rahbari Maki Akayda bo‘lishi mumkin.
Tadasi Yanai Yaponiyaning eng boy tadbirkori hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 22,2 mlrd dollarga baholanib, milliarderlar jahon reytingida 41-o‘rinni egallaydi. Uning oilasiga Fast Retailing’ning 44 foizi tegishli. Unga tegishli ilk Uniqlo do‘koni 1984 yilda Yaponiyada ochilgan. Hozirda kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 3,2 mingdan ko‘proq do‘koni bor. 2018 yilda tarmoqning savdo hajmi 18,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan