16:00 / 06.09.2019
3 832

Rossiyalik oligarx Turkmanistonda yuqori lavozimlardan birini egalladi

Rossiyalik oligarx Turkmanistonda yuqori lavozimlardan birini egalladi
Igor Makarov va Gurbanguli Berdimuhamedov
29 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «ARETI» xalqaro kompaniyalar guruhi rahbari, rossiyalik oligarx Igor Makarovni Turkmaniston prezidentining neft va gaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi huzuridagi ekspert etib tayinladi.

2018 yil yanvar oyida AQSh Moliya vazirligi Igor Makarovni «Sanksiyalar orqali Amerika dushmanlariga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi hujjat doirasida qo‘llash uchun tuzilgan rossiyalik oligarxlar ro‘yxatiga qo‘shgan.

Turkmaniston Davlat axborot agentligining xabar berishicha, Makarov ushbu lavozimga prezident Berdimuhamedovning neft va gaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yagshigeldi Kakayev tomonidan ilgari surilgan taklifga ko‘ra tayinlangan.

Forbes jurnaliga ko‘ra, Turkmanistonning neft va gaz sektorida nufuzli mavqeni egallagan rossiyalik oligarxning boyligi 2,1 milliard dollarga teng. Turkman OAV yozishicha, Makarov o‘z tayinlovini minnatdorchilik bilan qabul qilgan.

Ta’kidlanishicha, tadbirkor Turkmanistonda tavallud topgan va ushbu davlat rahbari kabi velosportni yaxshi ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik oligarx Turkmanistonda yuqori lavozimlardan birini egalladi