Foto: Daily World
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida yashovchi Erramatti Mangayamma 74 yoshida sun’iy urug‘lantirish (EKU) yordamida homilador bo‘lib ikki qizaloqni dunyoga keltirdi, deb yozmoqda Daryo Hindustan Times'ga tayanib.
Ayol qizaloqlarini kesar kesish usulida dunyoga keltirdi. Operatsiya yaxshi o‘tdi. Ona ham, chaqaloqlar ham sog‘lom va ularda hech qanday asoratlar yo‘q. Faqat ona oxirgi bir necha soatlik stressdan chiqishi uchun intensiv terapiya bo‘limiga yuborildi, — deydi shifoxona direktori.
Chaqaloqlar ko‘krak sutidan boqilmaydi, ularning oziqlanishi uchun donor sutidan foydalaniladi. Direktorning aytishicha, keksa ayol diabet va gipertenziya kabi kasalliklarga chalinmagani tufayli homilador bo‘lib, tug‘a olgan.
Mangayamma va uning 80 yoshli turmush o‘rtog‘i Raya Rao 1962 yilning 22 martida turmush qurgan. Ular 57 yil mobaynida bolali bo‘lishga uringan. Nihoyat sun’iy urug‘lantirish tufayli 74 yoshli ayol shu yilning yanvar oyida homilador bo‘lishga erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi