06:00 / 09.09.2019
2 912

Netanyaxu Boris Jonsonni Yelsin deb atadi

Netanyaxu Boris Jonsonni Yelsin deb atadi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu britaniyalik hamkasbi Boris Jonsonning ismini Rossiyaning sobiq prezidentining ismi bilan adashtirib, Boris Yelsin deb atadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
U yakshanba kundagi yig‘ilishda Britaniyaga safari haqida so‘zlab bergan.

“Men Londondan juda yoqimli safardan qaytdim, u yerda bosh vazir Boris Yelsin va AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdim”, deb aytgan Netanyaxu.

Ishtirokchilar darhol uni tuzatishgan. Isroil bosh vaziri xatosini anglab, kulib qo‘ygan va uni e’tiborli eshitishayotganini tekshirib qo‘ymoqchi bo‘lganini aytgan.
Jonson iyun oyida Britaniya bosh vaziri bo‘ldi. Uning “adashi” Yelsin esa Rossiyani 1991 yildan 1999 yilgacha boshqargan. U 2007 yilda vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Boris Jonsonni Yelsin deb atadi