08:50 / 10.09.2019
10 597

Komil Allamjonovning «Ozodlik» radiosining noxolisligi bo‘yicha bayonotiga rasmiy javob berildi

Komil Allamjonovning «Ozodlik» radiosining noxolisligi bo‘yicha bayonotiga rasmiy javob berildi
Foto: Seldon News
AQShning global media Agentligi (USAGM) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati — «Ozodlik» radiosi tomonidan jurnalistik etika qoidalarini buzganliklari to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi. Bu haqda AOKA axborot xizmati ma’lum qildi.

USAGM — AQSh hukumatining mustaqil agentligi bo‘lib, uning tarkibiga «Amerika ovozi», «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi (RFE/RL) va boshqa radioeshittirish tuzilmalari kiradi.

Amerika agentligining bosh ijrochi direktori Jon Lensingning ta’kidlashicha, USAGM jurnalistik etika qoidalari buzilishiga oid barcha bayonotlarga jiddiy yondashadi hamda «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosining biror xizmati yoki jurnalistining noto‘g‘ri talqinlariga yo‘l qo‘ymaydi va oqlamaydi. Agentlik rahbari «xolislik va beg‘arazlikning eng yuqori standartlariga rioya qilish muhimligini» ta’kidladi. Chunki ular, Jon Lensingning qayd qilishicha, AQSh global media agentligi ham amal qiladigan «asosiy tamoyillardir».

RFE/RL’ning qayta tayinlangan prezidenti va bosh ijrochi direktori Jeymi Flay «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati faoliyati bilan bog‘liq tashvishlar yetkazilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va keltirilgan faktlarni batafsil o‘rganishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmatining ish uslubiga nisbatan o‘z xavotirini bildirgan va ushbu radioeshittirishlar tashkilotining O‘zbekiston bilan bog‘liq faoliyatida noxolislik va noprofessionallik mavjudligini qayd etgan edi.

Shuningdek, Agentlik direktori «Ozodlik» radiosi tomonidan aldamchilik bilan axborot yig‘ish, audioyozuvlarni soxtalashtirish va «soxta akkaunt»lardan asossiz ma’lumotlarni tarqatish uchun foydalanish holatlarini aytib o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Komil Allamjonovning «Ozodlik» radiosining noxolisligi bo‘yicha bayonotiga rasmiy javob berildi