10:24 / 10.09.2019
3 614

Qirolicha Brexit masalasiga nuqta qo‘ydi

Qirolicha Brexit masalasiga nuqta qo‘ydi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvsiz Brexit’ni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Qonun loyihasi shundan keyin kuchga kirdi. Endi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan 31 oktyabrda chiqishi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Brexit 3 oyga – 2020 yil 31 yanvarigacha qoldiriladi. Ta’kidlanishicha, bu qarorga Britaniya bosh vaziri Bori Jonson qarshi chiqmoqda.

Rasman Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan 2019 yil 29 martda chiqishi kerak edi. Biroq britaniyalik siyosatchilar bitim bo‘yicha murosaga kelisha olmagan, bu esa hukumat inqiroziga va Tereza Meyning bosh vazir lavozimini tark etishiga olib kelgan.

Boris Jonson Britaniyaning yangi bosh vaziri sifatidagi 23 iyuldagi ilk nutqida qirollik har qanday vaziyatda joriy kuzda Yevropa Ittifoqini tark etishini aytgandi. U tomonidan buning uchun oxirgi muddat qilib 31 oktyabr belgilangan. London Brexit oqibatlarini silliqlashga imkon beruvchi o‘zaro manfaatli kelishuv ishlab chiqish uchun Bryusseldan muhlat olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirolicha Brexit masalasiga nuqta qo‘ydi