23:09 / 10.09.2019
4 416

Lukashenko Minskni AQSh poytaxti qilishni taklif qildi

Lukashenko Minskni AQSh poytaxti qilishni taklif qildi
Foto : RIA Novosti
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2021 yilda keyingi Yevropa-AQSh yengil atletika o‘yinlarini ham Minskda o‘tkazishni taklif qildi va o‘yinlar vaqtiga Minsk AQSh poytaxti bo‘lishini aytdi.

Navbatga ko‘ra, Yevropa va AQSh o‘rtasidagi keyingi o‘yinlar AQShda o‘tishi kerak. Biroq Lukashenkoning ta’kidlashicha, 2021 yilda AQShda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, qoidalarga ko‘ra esa bir yilda bir davlatda ushbu ikki musobaqani o‘tkazish mumkin emas.

“Ikki yildan keyin, agar bizga topshirsangiz, biz bunday uchrashuvni yanada yuqori darajada o‘tkazamiz. Men sizga va’da beraman, Minsk 2 yildan keyin AQSh poytaxtiga aylanadi”, deb murojat qilgan Lukashenko yengil atletika federatsiyalari rahbarlariga.

Belarus prezidenti o‘z taklifini tushuntirib bergan.

“Siz bizni go‘yoki Amerikani qo‘shib olmoqchi bo‘layotganlikda gumon qilmasligingiz uchun tushuntiraman: agar bizga ishonib topshirsangiz, musobaqa kunlari Minsk AQSh poytaxti bo‘ladi, chunki uchrashuvni AQSh o‘tkazishi kerak”, deb o‘z taklifiga oydinlik kiritgan Lukashenko.

Belarus rahbari bu borada 2020 yilda ham prezidentlik musobaqalarida g‘olib bo‘ladigan Donald Tramp bilan kelisha olishini ta’kidlab o‘tgan.
Hozirda Minskda Yevropa va AQSh o‘rtasida yengil atletika o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Minskni AQSh poytaxti qilishni taklif qildi