Ukraina oliy radasining deputatlari Davlat tergovlar byurosi tomonidan sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha so‘roqqa chaqirtirildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Poroshenko va uning jamoasi tomonidan hokimiyatning uzurpatsiya qilinishi ishi bo‘yicha 100 deputat so‘roqqa chaqirtirilgan.
Ukraina parlamentining sobiq spikeri Andrey Parubiy deputatlar sobiq bosh vazir Vladimir Groysman hukumati koalitsiyasiz tayinlangani bo‘yicha so‘roq qilinishlarini aytgan. U bu ishni “bema’ni” deb baholagan.
Ta’kidlanishicha, Poroshenko parlamentda hukmron koalitsiya yo‘qligiga qaramay parlamentga bir qator kishilarni bosh vazir va hukumat a’zolari lavozimlariga tayinlashni taklif qilgan. Bu harakatlar rasmiy hujjatlarga koalitsiya mavjudligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlarning kiritilishi bilan kechgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!