15:30 / 13.09.2019
3 704

Qozog‘iston prezidenti xitoycha intervyu berdi (video)

Qozog‘iston prezidenti xitoycha intervyu berdi (video)
Foto: «Nur.kz»
Xitoyga tashrifi arafasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ushbu mamlakatning CCTV telekanaliga intervyu berdi.
Rolikdan (1:07-daqiqasidan boshlab) qo‘shni davlat rahbarining xitoychada bemalol so‘zlashganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun: Qosim-Jomart Toqayev — poliglot (ko‘p tillarni biladi), qozoq tili bilan birga, rus, ingliz, fransuz va xitoy tillarida bemalol so‘zlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 11-12 sentyabr kunlari Qosim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib, qator tadbirlarda qatnashgan, xususan, XXR raisi Si Szinpin uchrashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti xitoycha intervyu berdi (video)