23:16 / 13.09.2019
2 874

Filippin prezidenti poraxo‘r amaldorlarni otishga ruxsat berdi

Filippin prezidenti poraxo‘r amaldorlarni otishga ruxsat berdi
Foto: Reuters
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakat fuqarolariga pora talab qiluvchi amaldorlarni otishga ruxsat berdi. U shu bilan birga fuqarolarga poraxo‘rlarni o‘ldirmay, ularning oyoqlariga otishni tavsiya qilgan, yo‘qsa “ular tergov natijasida afv etilmasliklari” xavfi bor. Bu haqda Manila Bulletin nashri xabar berdi.

“Agar siz soliq, yig‘imlar, boj to‘lovlari va shu kabilarni to‘lasangiz-u, bu ahmoqlar sizdan pora talab qilsa, ularni uring. Agar yoningizda qurol bo‘lsa, ularni otishingiz mumkin, biroq ularni o‘ldirmang, yo‘qsa afv etilmasligingiz mumkin”, deb aytgan Duterte. Uning ta’kidlashicha, qonunni buzuvchi amaldorga o‘qqa tutadigan har qanday kishiga qo‘llanadigan chora qamoq jazosi bo‘lmay, faqatgina “jiddiy jismoniy jazo” bo‘ladi.

Filippin yetakchisining fikricha, mamlakatda korrupsiya shunchalik o‘tkir muammoga aylanganki, u bu illat bilan kurashish uchun eng keskin choralarga ham ruxsat berishga tayyor.

2016 yil hokimiyat tepasiga kelgan Duterte qonunbuzarlarga qarshi kurashishda keskin choralar tarafdori hisoblanadi. Jahon hamjamiyati Filippinda giyohvandfurushlikka qarshi kurashish choralarini qoralab keladi. Duterte prezidentlikka nomzod bo‘lgan vaqtidayoq agar farzandlari giyohvand moddalarni qabul qilishsa, ularni o‘ldirishga tayyorligini aytgan.

2017 yil avgustida u politsiyachilarni qo‘lga olinishi vaqtida qarshilik ko‘rsatadigan giyohvandfurushlikda gumon qilinganlarni joyida otishga chaqirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippin prezidenti poraxo‘r amaldorlarni otishga ruxsat berdi