10:30 / 14.09.2019
4 063

General Do‘stum Afg‘onistonning shimolidagi «Tolibon»ni olti oy ichida mag‘lub etishni taklif qildi

General Do‘stum Afg‘onistonning shimolidagi «Tolibon»ni olti oy ichida mag‘lub etishni taklif qildi
Foto: Fergana News
Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti, general Abdurashid Do‘stum agar hukumat va AQSh unga imkon bersa, mamlakat shimolidagi «Tolibon»ni olti oy ichida mag‘lub etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Fergana News xabar berdi.

Do‘stumning qayd etishicha, u Afg‘oniston shimolidagi «Tolibon» tarmoqlarini amerikaliklar, afg‘on hukumati kuchlari, hamda NATO harbiy kuchlari ishtirokida qanday mag‘lub etish bo‘yicha reja tuzgan.

«Men prezident, milliy xavfsizlik kengashi, AQSh, NATO va bizning xalqaro do‘stlarimizdan kelishini hamda mening rejamga quloq tutishini, uni amalga oshirishni so‘rayman. Quruqlikdagi qo‘shinlar ham, boshqa resurslar ham talab etilmaydi. Keling va sinab ko‘ring, buning uchun olti oy vaqt kerak bo‘ladi», — deydi Do‘stum.

Do‘stumning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z muzokaralarida chiqish yo‘lisiz ko‘chaga kirib qolgan.

«Biz ‘Tolibon’ bilan kurashamiz. Agarda Afg‘oniston prezidenti, AQSh, NATO bizga ishonsa, ularni mag‘lub qilish imkoniga egamiz», — deydi Do‘stum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » General Do‘stum Afg‘onistonning shimolidagi «Tolibon»ni olti oy ichida mag‘lub etishni taklif qildi