18:48 / 15.09.2019
3 735

Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi

Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi
Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrimni “qaytarib olish” borasidagi g‘oyasi hech qachon ish bermasligi va ko‘proq bema’ni gaplarni eslatishini aytdi.

Avvalroq Ukraina yetakchisi Kiyev yarimorolni qaytarish bo‘yicha yangi formatlar ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgandi. Biroq u tafsilotlarni ochiqlamagandi.

Bunga javoban Bobkov Ukraina hukumatini Rossiya bilan to‘laqonli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni boshlashga chaqirgan.
"Hech kimning, hech qanday texnologiya, loyiha va strategiyaning qo‘lidan kelmaydigan narsalar mavjud. Bu narsalar azaldan shakllanib kelgan. Men Kiyev hukumatiga sirli qutquga vaqt sarflamasliklarini maslahat beraman”, - deya ta’kidlagan Vladimir Bobkov.

Vitse-spiker Qrimning Rossiya tarkibiga kirishi tarixiy jarayon bo‘lganini aytgan.
Bobkov Ukraina hukumati fikrini faqat Kiyevda “bema’nigarlik bilan shug‘ullanishni bas qilishganda” hisobga olish mumkin bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Rossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya ham xuddi shunga o‘xshash fikrni bildirgan. U Ukraina prezidentiga tinchlanishni va yoga yoki meditatsiya bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014 yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% Sevastopol aholisi ovoz bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi