Foto: “RIA Novosti”
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy agarda Belarus va Ukraina Rossiya bilan birlashib, yagona davlatga aylansagina farovonlikka erishishini maʼlum qildi, deb xabar beradi “Daryo” nashri.
«Rossiya va Belarusni allaqachon birlashtirib yuborish kerak edi. Oʻyinlar oʻylab topish nega kerak: keling avval bojxonani yoki tariflarni. Yagona davlatga aylansak Belarus gullab-yashnab ketadi. Keling, odamlarga erkin harakatlanish imkonini, ulkan resurslarga egaligi sabab yevrodan kuchli boʻladigan yagona rublni beraylik. Ukraina bilan ham xuddi shu vaziyat. Axir Rossiya tarixan Velikorossiya va Malorossiyadan tashkil topganku. Bularning ildizi bitta — rus. Biz tarixda birga yashaganmiz, hozir esa buni qayta tiklashimiz kerak», — deb yozadi Jirinovskiy oʻzining Telegramʻdagi kanaliga.
Shuningdek, siyosatchi odamlarning erkinliklarini cheklamaslik lozimligini, istagan odam belarus yoki ukrain tilida gaplashishi mumkinligini, milliy gazetalar, teatr va maktablarni saqlab qolish kerakligini taʼkidlagan.
Jirinovskiy bunday yagona davlat fuqarolarining millatini koʻrsatmasdan, balki “yagona mamlakat fuqarosi” boʻlishi kerak degan fikrni ham bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi