12:40 / 18.09.2019
3 823

Qozogʻistonda etnik oʻzbeklarga janubdan shimolga koʻchib oʻtish taklif qilindi

Qozogʻistonda etnik oʻzbeklarga janubdan shimolga koʻchib oʻtish taklif qilindi
Qorabuloq qishlogʻi / Foto: informburo.kz
Etnik oʻzbeklarga Qozogʻiston janubidan shimoliga koʻchib oʻtish taklif qilinmoqda, deya xabar berdi Kun.uz nashri Nur.kz nashriga tayangan holda.

Partiyaning Turkiston viloyati boʻlimi raisining birinchi oʻrinbosari Beysen Tojibayev boshchiligidagi targʻibot guruhi Qorabuloq qishlogʻi aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida u oʻzbek diasporasini “Yeңbek” dasturining afzalliklaridan foydalangan holda, unda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Foto: Otyrar.KZ
«Qorabuloq - mamlakatdagi aholi eng zich joylashgan qishloq. Ovulda 60 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ammo bu yil faqat bir oila bu yerdan shimolga koʻchib oʻtdi. Loyihada koʻchib oʻtganlarga ekinlar yetishtirish, chorvachilik uchun yer ajratilishi koʻzda tutilgan. Bizning mintaqada 400 mingdan ortiq mehnatsevar oʻzbeklar istiqomat qiladi, agar ular davlat dasturida faol ishtirok etsa, aholi ish va uy-joy bilan taʼminlanadi. Shimoliy mintaqalar gullab-yashnaydi. Koʻp muammolarni hal qilish mumkin boʻladi», - deya ishonch bildirgan Tojiboyev.

Matbuot uchun xabarnomada aytilishicha, katta strategik ahamiyatga ega boʻlgan bunday uchrashuv oʻzbek etnik guruhi vakillari oʻrtasida ilk bor oʻtkazildi. Natijada, 52 oila shimoliy hududlarga koʻchib oʻtish istagini bildirdi.

Partiya viloyat boʻlimi rahbarining birinchi oʻrinbosari masʼul shaxslarga umumiy aholisi 210 ming kishidan iborat boʻlgan Sayram tumanining har bir ovulida keng targʻibot ishlari olib borishni buyurdi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda etnik oʻzbeklarga janubdan shimolga koʻchib oʻtish taklif qilindi