60 mingdan ziyod kishi Nyu-York ko‘chalarida bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga qaratilgan namoyishda qatnashgan.
Shu bilan birga, 16 yoshli shved faoli Greta Tunberg 250 ming tarafdorlari bilan shahar ko‘chalariga chiqqan. Bu xaqda TASS xabar beradi.
Agentlik shved faoli bayonotidan iqtibos keltirgan. “Biz iqlim inqirozini yengish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz, hatto u maktabda darslarni tashlab ketish yoki ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq bo‘lsa ham, chunki bu muhimroq“, degan Tunberg.
Ushbu aksiya dushanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotida iqlim sammiti ochilishi arafasida boshlangan bo‘lib, ekologiya faollarining fikriga ko‘ra, davlatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi jiddiy kurashmayapti.
BMT iqlim sammiti arafasida Londonda ham 100 mingga yaqin ekologiya jonkuyarlari shahar ko‘chalariga chiqqan.
Ma’lumot o‘rnida, shved faoli Tunberg mart oyida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi