12:50 / 22.09.2019
4 169

Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video)

Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video)
Armanistonlik 22 yoshli Satenik Karazyanda koʻz yoshi oʻrniga nima uchun kristall hosil boʻlayotgani aniqlana olinmayapti. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Ayolda bu alomat 2 oy avval paydo boʻlgan. “Men stomatologga borgandim. Koʻzimga chang tushgan boʻlsa kerak deb oʻylab, ogʻriq sababli koʻz shifokoriga uchraganman. U yerda esa koʻzimdan bir nechta kristallchalar chiqarib olishdi. Hozir har kunim jahannamga aylangan”, deb aytgan ayol.

Ayol mahalliy oftalmologga murojaat qilgan, lekin u tashxis qoʻya olmagan. Shundan keyin qizning oilasi uni avval qoʻshni shaharga, soʻngra poytaxt Yerevanga olib borgan, biroq u yerda ham hech kim yordam bera olmagan. “Yerevanga borganimizda, bir shifokor bizni asab kasalliklari shifokoriga joʻnatgan, boshqasi qabul qilgan. U koʻzimdan kristallarni chiqarib olgan. Soʻngra biz tushlik qilib kelgani ruxsat olib, 5 daqiqadan keyin yana qaytib borganmiz, chunki Satenikning koʻzidan yana kristall chiqa boshlagan. Shunda shifokor bizga ishonmasligini va ketishimizni soʻragan”, deb aytgan Satenikning qaynonasi.

Shifokorlar Satenikka koʻz tomchilari va antibiotiklar buyurishgan, biroq bu vositalardan uning ahvoli yanada ogʻirlashib, ularni qabul qilishni toʻxtatgan.

Ushbu hodisa bilan respublika sogʻliqni saqlash vazirligida qiziqib qolishgan. U yerda vazirlikning bosh maslahatchisi bilan bu masala boʻyicha ikki marta yigʻilish oʻtkazilgan. Taʼkidlanishicha, yana bir yigʻilish oʻtkazilib, unda anamnez toʻplanib, ayol bilan nima yuz berayotganini aniqlash rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video)