18:15 / 23.09.2019
1 752

Indoneziyada o‘tgan yili Boeing 737 Max samolyoti nima uchun qulab tushgani ma’lum bo‘ldi

Indoneziyada o‘tgan yili Boeing 737 Max samolyoti nima uchun qulab tushgani ma’lum bo‘ldi
Foto: AP Photo/Achmad Ibrahim
Indoneziya o‘tgan yil oktyabrda Boeing 737 Max samolyoti konstruksiyadagi nuqsonlar va nazorat yetishmasligi oqibatida qulab tushganini ma’lum qilmoqchi. Bu haqda xorij matbuotiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Nashr manbalarining aytishlaricha, halokatga oid xulosa loyihasida ko‘rsatilgan sabablar orasida uchuvchilarning xatolari va texnik xizmatdagi kamchiliklar ham bor.

Gazetaning qayd etishicha, hisobotga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va uning yakuniy ko‘rinishi noyabrda tayyor bo‘ladi.
2018 yil oktyabrda Indoneziyaning Lion Air kompaniyasiga qarashli Boeing 737 MAX samolyoti qulab tushishi oqibatida 189 kishi halok bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)