00:05 / 24.09.2019
4 199

UNEP: Dunyo global isish sabab halokat yoqasiga kelib qolgan

UNEP: Dunyo global isish sabab halokat yoqasiga kelib qolgan
Foto: «Newsone.ua»
Dunyo – halokat yoqasida turibdi. Global isish sabab sayyoramizda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda deyiladi BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) va Butunjahon meteorologik tashkilotining hisobotida. Tadqiqot natijalari iqlim bo‘yicha Nyu-Yorkda o‘tadigan sammitda e’lon qilinadi, deya xabar berdi BMT yangiliklar markazi.

Meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr sifatida oxirgi besh yil qayd qilingan. O‘rtacha global harorat ko‘rsatkichi sanoat davridagiga nisbatan olganda 1,1 daraja balandroq bo‘lgan. Iqlimshunoslarning eslatishicha, Parij kelishuviga muvofiq o‘rtacha global isish haroratini 1,5 gradusda ushlab turish kelishib olingan.

Antarktida muzlari erishining yillik ko‘rsatkichlari 40 yil avvalgi raqamlardan olti baravarga oshgan, deyiladi hisobotda.
2015 yildan beri dunyo boshqa davrlarda yo‘qotmagan muzliklar massasini boy berdi.

1997—2006 yillarda dengizlar sathi yiliga 3,04 millimetrga ko‘tarilgan bo‘lsa, 2007—2016 yillarda ushbu ko‘rsatkich yilga 4 millimetrni tashkil etgan.

2018 yilda is gazining atmosferaga chiqarilishi 2 foizga o‘sgan va rekord 37 million tonnaga chiqqan. «Yaqin vaqt ichida garchi ularning o‘sishi past templarda ketayotgan bo‘lsa ham global iqtisodiyot kabi chiqindilar hajmining kamayishi kuzatilmaydi» — deydi BMT ekspertlari.

Issiqxona gazlarining atmosferadagi konsentratsiyasi ko‘rsatkichlari ham rekord darajaga chiqdi. O‘tgan yili is gazi konsentratsiyasi bir millionga 407,8 zarrani tashkil etgan.

Olimlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi marta is gazi konsentratsiyasi 3—5 million yil avval 400 zarradan ko‘proq bo‘lgan. O‘shanda o‘rtacha global harorat hozirgidan 2−3 daraja ko‘proq, dengiz sathi esa bugungi kundagidan 10−20 metr balandroq bo‘lgan.

Hisobot mualliflari jahon hamjamiyatini iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishda tezkor va ahamiyatli chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » UNEP: Dunyo global isish sabab halokat yoqasiga kelib qolgan