O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab 22 sentyabr kuni Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida «Osh festivali» bo‘lib o‘tdi.
Festivalni O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Astraxan, Maxachkala va Rostov-na-Donudagi o‘zbek diasporalari hamkorlikda tashkil etdi.
Tadbir doirasida Rostov-na-Donuning markaziy bog‘ida 20 kgdan to‘rt turdagi palov — Toshkent, Andijon, Xorazm va bayram palovi tayyorlandi.
Barcha qozonlar bir paytda ochilib, sovuq havo va yomg‘irga qaramay oshning hammasi 1 soatu 15 daqiqada tugadi.
Festival davomida bog‘da Astraxanlik o‘zbek diasporasi vakili tomonidan kuylangan o‘zbek qo‘shiqlari yangrab turdi. Festivalga shahar ma’muriyati, mahalliy diaspora vakillari oilalari bilan tashrif buyurishdi. Tadbir do‘stona kayfiyatda o‘tib, unda o‘zbekona mehmondo‘stlik alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi endi bunday festivalni yilda ikki bor — Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?