Foto: Reuters
Agarda Eron tinchlikka intilsa, AQSh u bilan do‘stlashishga tayyor, dedi Amerika prezidenti Donald Tramp.
"Eron rahbarlari boshqa davlatlarga tahdid qilishni bas qiladigan va o‘z mamlakatlari qurilishiga e’tibor beradigan vaqt keldi. Eron rahbarlari birinchi o‘ringa eronliklarni qo‘yadigan vaqt keldi. Amerika chin dildan tinchlik va hurmatga intiluvchi barcha bilan do‘stlashishga tayyor. Amerikaning bugungi do‘stlaridan ko‘pi qachonlardir asosiy dushmanlarimiz bo‘lgan. AQSh doimiy dushmanlar bo‘lishiga hech qachon ishonmagan", - dedi Tramp BMT bosh assambleyasida so‘zga chiqib.
Nyu-Yorkda 24 dan 30 sentyabrgacha BMT bosh assambleyasining 74-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Saudiya Arabistoni hukumati o‘z hududidagi neft ob’ektlariga qilingan hujumlarga javoban har qanday chora qo‘llashga tayyorligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, rasmiy Ar-Riyod bu hujumlar uchun mas’uliyatni Eron zimmasiga yuklamoqda. Tehron esa bu ayblov asossiz ekanini ta’kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi