06:34 / 26.09.2019
5 309

Dunyodagi eng katta aeroport foydalanishga topshirildi (foto)

Dunyodagi eng katta aeroport foydalanishga topshirildi (foto)
Xitoy poytaxti Pekinda yangi 11 mlrd $lik mega aeroportning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Dasin xalqaro aeroporti ochilish marosimida Prezident Si Szinpin ishtirok etdi. Bu haqida China Daily xabar bermoqda.

Aeroportning umumiy maydoni 700 ming kvadrat metr bo‘lib, u 98 ta futbol maydoniga tengdir.
Global Times davlat axborot agentligiga ko‘ra, bugundan boshlab, yettita mahalliy aviakompaniyalar yangi aeroportdan reyslarni amalga oshiradi. Dastlabki parvoz China Southern Airlines kompaniyasi tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 16:23 (Toshkent vaqti bilan 13:23)da amalga oshirildi.

Pekindan 46 km. janubda joylashgan aeroport arab me’mori Zaha Hadid tomonidan loyihalashtirilgan.
Yangi aeroport to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘lib, yiliga 620 ming reysni qabul qila oladi. Uning loyihasi 2025 yilga kelib havo bandargohining sig‘imi 72 million kishiga yetishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, 2025 yilga kelib, yangi Pekin aeroporti yiliga 2 million tonnagacha yukni qabul qilishi kutilmoqda.
Aeroportda shaharlararo poyezd qatnovi hamda Pekin metrosi bekatlaridan biri joy olgan.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng katta aeroport foydalanishga topshirildi (foto)