09:53 / 26.09.2019
4 750

Turkiya prezidenti: «Isroil to‘ymaydi»

Turkiya prezidenti: «Isroil to‘ymaydi»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyati e’tiborini Falastinga qaratdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Erdog‘an Falastin – Isroil muammosini 1967 yildagi chegaralar doirasida hal etishga chaqirib, Sharqiy Quddus Falastin davlatining poytaxti bo‘lishi kerakligini ta’kiladi. Turkiya prezidenti Isroilning tinch falastinliklarga qarshi jinoyatlarini qattiq qoraladi.

“Bir necha kun avval Isroil kuchlarining falastinlik aybsiz ayolni o‘ldirishi aks etgan tasvirlar ham jahon hamjamiyatining vijdonini uyg‘otmayotgan bo‘lsa, nima ham deyish mumkin?” – dedi Erdog‘an. Shuningdek, u Isroil va Falastining 1947 yildan boshlab hozirgacha bo‘lgan chegaralarini ko‘rsatib, Isroil Falastin hududining deyarli hammasini egallab olganini aytdi.

“Isroil to‘yyaptimi? Yo‘q, to‘ymayapti. Qolganini ham egallab olish paytda. BMT Bosh Assambleyasi, BMTning Isroil bo‘yicha qabul qilgan qanchadan-qancha rezolyutsiyalari bor. Ular hayotga tatbiq etilyaptimi? Yo‘q. Unda BMTning qanday foydasi bor?” – dedi Turkiya prezidenti.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti: «Isroil to‘ymaydi»