Bishkekning Pervomaysk tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atamboyevning tansoqchisi Kanat Saginbayevni hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda sud devonxonasida ma’lum qilingan.
“Sud qaroriga ko‘ra, u 8 oktyabrgacha 1-tergov izolyatoriga jo‘natilgan”, deyilgan xabarda.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimi bo‘lgan Saginbayev sobiq davlat rahbarlariga qonun bo‘yicha belgilangan davlat qo‘riqchisi sifatida Atamboyevga biriktirilgan bo‘lgan. Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya vaqtida Saginbayev o‘z lavozimini tark etish haqida buyruq olmagan va sobiq prezidentni huquq-tartibot idoralari xodimlaridan qo‘riqlashni davom ettirgan. 20 sentyabrda u qo‘mitadan bo‘shatilgan. Unga nisbatan “Bir guruh shaxslar tomonidan qotillik amalga oshirish”, “Ommaviy tartibsizliklar”, “Xizmat mavqeini suiiste’mol qilish” va “Tergovchi yoki boshqa mansabdor shaxs harakatlariga qarshilik ko‘rsatish” moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgustda Bishkekdan 20 km uzoqlikdagi Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Atamboyevni uyida qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishgan. Ular Atamboyev tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezident tarafdorlari bunga javoban o‘t ochgan. Atamboyevni ertasi kuni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Ta’kidlanganidek, operatsiya vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir maxsus jangchi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi