“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning Parvon viloyatidagi saylovlar vaqtida saylov komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilarni o‘g‘irlab ketishdi. Jami 15 kishi o‘g‘irlangan. Bu haqda Ariana News nashri xabar berdi.
Nashr xabarni berishda Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasining Parvon viloyatidagi markazi rahbari Abdulqahhor Vahob Sofiyga iqtibos keltirgan. “Jangarilar saylov komissiyasining 7 xodimini, komissiyaning saylovlardagi shikoyatlar bo‘yicha a’zosi va 7 kuzatuvchini o‘g‘irlab ketishdi”, deb ma’lum qilgan Sofiy.
Bu vaqtda viloyat gubernatori matbuot kotibi Vohid Shahkar saylov komissiyasining 8 xodimi saylov uchastkalaridan uylariga qaytayotganlarida o‘g‘irlab ketilganlarini ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, qabilalar oqsoqollari o‘g‘irlanganlarni ozod qilishda vositachilik qilishmoqda. “Agar toliblar ushbu shaxslarni ozod qilishdan bosh tortsa, hukumat harbiy kuch qo‘llaydi”, deb aytgan Shahkar.
28 sentyabrda Afg‘onistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda 15 nomzod ishtirok etdi. Saylovlarning dastlabki natijalari haqida hali ma’lumot berilmadi.
“Tolibon” saylov markazlari, saylov komissiyalari xodimlari va huquq-tartibot idoralariga hujum qilib, saylovlarni to‘xtatish bilan tahdid qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi