17:43 / 02.10.2019
3 607

Turkmaniston Prezidenti ichki ishlar vazirini ishdan boʻshatdi va barcha davlat mukofotlaridan mahrum qildi

Turkmaniston Prezidenti ichki ishlar vazirini ishdan boʻshatdi va barcha davlat mukofotlaridan mahrum qildi
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov seshanba kuni Ichki ishlar vaziri, politsiya general-leytenanti Isgender Mulikovni ishdan boʻshatib, uni mayor lavozimiga tushirib, barcha davlat mukofotlaridan mahrum qildi, deya xabar beradi Turkmaniston televideniyesi.

Tegishli farmon davlat rahbari tomonidan hukumat va davlat xavfsizlik kengashining qoʻshma majlisida imzolangan.

Prezident Berdimuhamedov ishdagi jiddiy kamchiliklar, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish va xizmat vakolatlarini qoʻpol ravishda buzganlikgi uchun Mulikov Ichki ishlar vazirligining boshligʻi lavozimidan ozod qilinishini, unvoni politsiya mayori lavozimiga tushishini va barcha davlat mukofotlari bekor qilinishini maʼlum qildi.

Prezident oʻz faoliyati davomida Mulikovga 12 marta qattiq tanbeh eʼlon qilganini, ammo u kerakli xulosalarni chiqarmaganini eslatdi.

Mammatxon Chakiyev Turkmanistonning yangi ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. U Sanoat, transport va kommunikatsiyalar boʻyicha vazir oʻrinbosari lavozimidan Ichki ishlar vazirligiga oʻtkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston Prezidenti ichki ishlar vazirini ishdan boʻshatdi va barcha davlat mukofotlaridan mahrum qildi