13:28 / 03.10.2019
2 133

Boy amerikaliklar yanada boy boʻldi

Boy amerikaliklar yanada boy boʻldi
Forbes jurnali har yili eʼlon qiladigan AQShning eng boy odamlari roʻyxatini eʼlon qildi. Ularning umumiy boyligi 2,96 trillion dollarni tashkil qildi, bu esa oʻtgan yilgidan 2,2 foizga koʻpdir. Shu bilan birga ularning oʻrtacha boyligi 7,4 milliard dollarga ortgan.

Reytingdagi birinchi oʻrinni ajrimi sabab bir necha milliard yoʻqotganiga qaramay Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Hozirda uning boyligi 114 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinchi oʻrindag 106 milliard dollar bilan Bill Geyts egalladi, uchlikni esa Uorren Baffet (80,8 milliard dollar) yopib berdi. 2019-yilda roʻyxatga kirish chegarasi 2,1 milliard dollarni tashkil qildi.

Shuningdek beshlikka Facebook assochisi Mark Sukerberg (69,6 milliard dollar) hamda Oracle dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilar kengashi rahbari Larri Ellison (65 milliard dollar) kirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)