15:33 / 03.10.2019
4 112

Eron 35 yildan buyon yerosti raketa tunnellarini qazib kelayotganini ma’lum qildi

Eron 35 yildan buyon yerosti raketa tunnellarini qazib kelayotganini ma’lum qildi
Foto: «Eron.ru»
Islom inqilobi qo‘riqchilari Korpusining aerokosmik bo‘linmasi qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaning ma’lum qilishicha, Eron raketa tunnellarini loyiha boshlanganidan 35 yil o‘tib ham to‘xtovsiz qazimoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Hojizodaning aytishicha, yerosti shaharlar g‘oyasi 1984—1985 yillarda paydo bo‘lgan va dastlabki tunnel birinchi raketa import qilinishidan oldin qurilgan.

2016 yilning yanvar oyida televideniye orqali Emad ballistik raketalari bilan to‘ldirilgan Islom inqilobi qo‘riqchilari Korpusining chuqur yerosti tunnelining eksklyuziv kadrlari namoyish etilgan. Birinchi yerosti raketa kompleksi 2015 yilning 14 oktyabrida ochilgan.

2016 yilning mart oyida Hojizoda Eronda raketalar saqlanadigan yerosti tunnellari butun mamlakat bo‘ylab va tog‘lar ostida mavjudligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tunnellar, hatto ularga atom bombalari yo‘naltirilgan taqdirda ham, buzilmaydi.

Qayd etilishicha, uning harbiy qudrati boshqa mamlakatlar uchun xavf tug‘dirmaydi va uning mudofaa doktrinasi tiyib turishga asoslangan.

Hojizodaning aytishicha, dunyoning eng qudratli mamlakatlarigina aniq yo‘naltiriluvchi raketalarni yaratishi va ishlab chiqarishi mumkin, bunday raketalar ayni paytda 10 ga yaqin mamlakat tomonidan ishlab chiqariladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron ayni paytda mintaqadagi birinchi raqamli raketa derjavasi hamda dunyodagi 7—8 ta raketa derjavasidan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron 35 yildan buyon yerosti raketa tunnellarini qazib kelayotganini ma’lum qildi