22:15 / 04.10.2019
3 688

Lotereya chiptasiga doim bir xil raqam yozgan ayol boyib ketdi

Lotereya chiptasiga doim bir xil raqam yozgan ayol boyib ketdi
Merilend shtatida yashovchi fuqaro bir xil sevimli raqamni lotereya chiptalariga yozib, jekpotni qoʻlga kiritdi. Bu haqda UPI portali xabar bermoqda.

63 yoshli Pamela Vendlend qizi bilan restoranga borib bir nechta Keno lotereya chiptalarini sotib olgan. Ayol har haftada bir necha marotaba lotereya oʻynab, chiptalarda doim bir xil toʻqqiz raqamini kiritadi.

9-19-29-39-49-59-69-79 raqamlari kombinatsiyasi bilan sotib olingan chipta gʻolibga 30 ming dollar keltirdi.

Vendland pul mukofotining bir qismini toʻyining 20 yilligini nishonlashga sarflashga, qolgan qismini oila aʼzolari oʻrtasida taqsimlashga qaror qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lotereya chiptasiga doim bir xil raqam yozgan ayol boyib ketdi