22:42 / 04.10.2019
4 004

Ona qizining oʻlimidan keyin oʻnlab litr koʻkrak sutini ehson qildi

Ona qizining oʻlimidan keyin oʻnlab litr koʻkrak sutini ehson qildi
Bolasi tugʻilgandan bir soat oʻtgach vafot etgan amerikalik kasal va erta tugʻilgan chaqaloqlarga 33 litr ona sutini berdi.

Janubiy Dakota shtatining Rapid Siti shahridan boʻlgan Aleksis Marrino shu yil iyul oyining oxirida qiz farzandni dunyoga keltirdi. Biroq, qiz tugʻilgandan bir soat oʻn daqiqa oʻtgach, anensefaliya nuqsoni tufayli vafot etdi.

Ayol homiladorlik paytida bu kasallik haqida bilgan, ammo “hech boʻlmaganda uni qoʻlida ushlab turish uchun” qizni dunyoga keltirishga qaror qilgan.

22 yoshli ona va bolaning otasi bundan juda aziyat chekishdi. Biroq, ayol kasalxonada yangi tugʻilgan bolalarga qoʻlidan kelganicha yordam berishga qaror qildi. Yetti hafta ichida u 33 litrdan koʻproq sut oldi. Marrino natijadan juda gʻururlanishini taʼkidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ona qizining oʻlimidan keyin oʻnlab litr koʻkrak sutini ehson qildi