23:16 / 05.10.2019
3 486

Moskvadagi maktabda o‘quvchilar o‘zidan kichik bolaning boshini unitazga tiqdi (video)

Moskvadagi maktabda o‘quvchilar o‘zidan kichik bolaning boshini unitazga tiqdi (video)
Moskva shahrida 1536-sonli maktabning direktori Marina Akatova bir guruh o‘quvchilar tomonidan boshqa bir o‘quvchining boshini unitazga tiqqani tasvirlangan video tarqalib ketgach, ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Moskva shahri fan va ta’lim departamentining bayonotida aytilishicha, bolakayni tahqirlagan 8-sinf o‘quvchilarining rahbari Galina Loshkareya bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bolakayning tahqirlanishi tasvirlangan video internetda oktyabr oyining boshida paydo bo‘lgandi.
Ushbu videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDEO

Jablanuvchi yettinchi sinf o‘quvchisi bo‘lib, u Ilya Reznikning «Kichik mamlakat» ansamblida qo‘shiq kuylaydi.
Tergov qo‘mitasi kaltaklanish moddasi bo‘yicha jinoyat ishini ochgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi maktabda o‘quvchilar o‘zidan kichik bolaning boshini unitazga tiqdi (video)