23:03 / 08.10.2019
2 815

Britaniya iqtisodiyoti Brexit sababli 74 mlrd dollar yo‘qotdi

Britaniya iqtisodiyoti Brexit sababli 74 mlrd dollar yo‘qotdi
Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi jarayoni sababli qirollik iqtisodiyoti 2,5-3 foizga qisqarib, 60 mlrd funt sterling (73,8 mlrd dollar) yo‘qotdi. Bu haqda Fiskal tadqiqotlar instituti dokladida aytilgan.

Tadqiqot prognozlariga ko‘ra, Britaniya hukumatining Bryussel bilan hamkorlik haqidagi kelishuvsiz Brexit’ni amalga oshirishi milliy qarzning 50 yillik maksimumga yetishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida u 2 marta ko‘payib, 100 mlrd funt sterlingga (123 mlrd dollar) yetishi mumkin.

Doklad mualliflaridan biri, Citi’ning bosh iqtisodchisi Kristian Shulsning ta’kidlashicha, Brexit sababli Britaniya biznesiga investitsiyalar 20 foizga kamaygan. Uning aytishicha, “Yevropa Ittifoqida qolish iqtisodiy o‘sish uchun eng yaxshi ssenariy bo‘lardi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya iqtisodiyoti Brexit sababli 74 mlrd dollar yo‘qotdi